logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Fabio Uordli uchun majburiy davogar elon qilindi

 18 NOYABR, 2025, 18:00

Superog'ir vaznda Usik vakant qoldirgan WBO yo'nalishining yangi chempioni Fabio Uordli 20 yoshli bokschidan kamarini himoya qiladi.

"Mozes Itauma kamar uchun majburiy davogarga aylanadi", deya malum qildi WBO tashkiloti rahbari Gustavo Oliveri.

Britaniyalik 30 yoshli Fabio Uordli WBO yo'nalishi bo'yicha to'laqonli jahon chempioniga aylandi. Uning 20 yoshli vatandoshi Mozes Itauma esa 24 yanvar kuni amerikalik Jermen Franklinga qarshi jang o'tkazadi.

"Itauma Jermen Franklin ustidan g'alaba qozonsa, Uordli uchun majburiy davogarga aylanadi. Bu g'alaba unga kuchli poziciya beradi", - dedi Oliveri The Ring nashriga bergan intervyusida.

Itauma WBA va WBO reytinglarida birinchi o'rinni egallab turibdi. Franklin ustidan g'alaba qozongan taqdirda, uni Kubrat Pulev va Murat Gassiev o'rtasidagi jang g'olibiga qarshi WBA muntazam chempionlik kamari uchun jang kutmoqda.

Bundan tashqari, Itauma va Uordli bir murabbiy Ben Deyvison bilan ishlaydi va promouter Frenk Uorren bilan hamkorlik qiladi. Bu esa yaqin kelajakda ular o'rtasida jang o'tkazilishini taminlaydi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ