logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Jahon kubogi. Bugun 1/4 final boshlanadi. Sindarov Abdusattorov uchun "o'ch" olishga urinib ko'radi

 17 NOYABR, 2025, 12:48

Hindistonning Goa shahrida davom etayotgan shaxmat bo'yicha umumiy mukofot jamg'armasi 2 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi Jahon kubogining 1/4 finaliga ikki yosh grossmeyterimiz etib kelgan.

Dunyoning 206 nafar shaxmatchisi ishtirokida boshlangan nufuzli musobaqada bugun 1/4 final bosqichi start oladi. Kecha nimchorak finalning tay-brek bahslari o'tkazilib, grossmeysterlarimizning 1/4 finaldagi raqiblari malum bo'ldi. 19 yoshli Javohir Sindarov Xose Martines Alkantara qarshi bahs olib boradi. Meksikalik bu shaxmatchi turnir kashfiyotiga aylanib ulgurdi. U uchinchi bosqichda Nodirbek Abdusattorovni mag'lubiyatga uchratgan edi. Sindarov Nodirbekning mag'lubiyati uchun revansh olishga urinib ko'radi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Malumot uchun, Javohir dramatik kechgan 1/8 final bosqichida germaniyalik grossmeyster Frederik Svenni mag'lubiyatga uchratgandi. Sven uchinchi bosqichda amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradjuni musobaqadan chiqarib yuborgani etiborga molik holat. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Oltinchi davraga etib kelgan ikkinchi grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev nimchorak finalda armanistonlik Gabriel Sargissyanni 1,5:0,5 hisobida taslim etgandi. Uning 1/4 finaldagi raqibi yana bir nemis shaxmatchisi Aleksandr Donchenkoga qarshi dona suradi. Donchenko chorak finalga qadar Anish Giri, Mattias Blubaum, Liem Le singari taniqli grossmeysterlarni musobaqadan chiqarib yuborgan.  



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ