logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

O'zbekiston ot sportida yangi sahifa - Bekzod Qurbonov Texasdagi Jahon kubogi finalida ishtirok etadi!

 16 NOYABR, 2025, 17:48

Bu haqda O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi xabar berdi.

"2026 yilning 8-12 aprel kunlari AQSHning Texas shtatida konkurlar (to'siqlardan sakrash) bo'yicha Jahon kubogi finali bo'lib o'tadi. Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston sharafini tajribali va iqtidorli chavandoz Bekzod Qurbonov himoya qiladi.

Bekzod Qurbonov joriy mavsumda Markaziy Osiyo past ligasi g'olibi sifatida final bosqichiga yo'llanma qo'lga kiritdi. U ilgari ham bir qator xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat qozonib, O'zbekiston chavandozlik maktabining yuqori saviyasini dunyoga namoyon etgan.

Texasdagi Jahon kubogi finalidagi ishtirok — bu nafaqat Bekzod Qurbonovning shaxsiy yutug'i, balki O'zbekiston sporti va yiliqchilik tarixida yangi sahifadir", deyiladi tashkilot xabarida.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ