Ruslan Abdullaev va Bektemir Meliqo'ziev AQSHga jo'nab ketdi + FOTO
16 NOYABR, 2025, 15:16
O'zbekistonlik professional bokschilar - Ruslan Abdullaev va Bektemir Meliqo'ziev okean ortiga yo'l olishdi.Hamyurtlarimiz Kaliforniya shtatining Indio shahrida meksikalik Joel Dias qo'l ostida navbatdagi janglariga tayyorgarlik ko'rishadi.
29 yoshli Bektemir Meliqo'ziev (16-1-0) so'nggi jangini shu yilning may oyida Darius Fulgxemga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
23 yashar Ruslan Abdullaev (3-0-0) esa sentyabr oyida o'tkazgan oxirgi jangida Kevin Jonsonni hakamlar qarori bilan enggandi.

Manba: olamsport.com
