UFC 322. Dariush va Sen-Deni jangi bir necha soniyagina davom etdi
16 NOYABR, 2025, 08:32
"Medison Skver-Garden" majmuasida MMA bo'yicha UFC 322 turniri o'tkazilmoqda.Musobaqa asosiy kardining ilk bahsida amerikalik Benil Dariush Franciya vakili Benua Sen-Deniga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Etiborlisi, jang birinchi raundning dastlabki soniyalaridyoq nihoyasiga etdi. Sen-Deni ketma-ket og'ir zarbalari orqali Dariushni nokautga uchratdi.
Bu jangdan keyin Benuaning hisobidagi g'alabalari soni 16 taga etdi. Dariush esa bugun karerasidagi ettinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Manba: olamsport.com
