logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Qoyil, har ikki grossmeysterimiz ham Jahon kubogi 1/4 finaliga chiqdi!

 15 NOYABR, 2025, 20:00

Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo'yicha umumiy mukofot jamg'armasi 2 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi Jahon kubogi bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning 206 nafar shaxmatchisi ishtirokida boshlangan nufuzli musobaqaning 1/8 final ikkinchi uchrashuvlari o'tkazilmoqda. 19 yoshli Javohir Sindarov kecha dramatik kechgan bahsda germaniyalik grossmeyster Frederik Svenni mag'lubiyatga uchratgandi. Bugun javob partiyasida Javohir qora donalarda o'ynaganiga qaramay, o'zi uchun kerakli durang natijasini qayd eta oldi. Sven uchinchi bosqichda amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradjuni musobaqadan chiqarib yuborgandi. 

Beshinchi davraga etib kelgan ikkinchi grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev ham bugunning o'zida chorak final masalasini ijobiy hal qildi. Kecha armanistonlik Gabriel Sargissyanga qarshi kechgan ilk partiya durang natija bilan tugagandi. Bugun oq donalarda o'ynagan Yakubboev raqibini taslim etib, Sindarov singari pley-offga hojat qoldirmadi. 

Javohir Sindarov — Frederik Sven (Germaniya) - 1,5:0,5

Nodirbek Yakubboev — Gabriel Sargissyan (Armaniston) - 1,5:0,5

Eslatib o'tamiz, SHamsiddin Voxidov va Nodirbek Abdusattorov uchinchi bosqichda raqiblariga imkoniyatni boy berib, jahon Kubogidagi ishtiroklarini yakunlagan edi. Ular 11 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritishdi. Sindarov va Yakubboevning 1/4 finaldagi raqiblari ertaga o'tkaziladigan pley-off o'yinlaridan so'ng malum bo'ladi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ