Ar-Riyod-2025. Alina Hakimova duatlon bahslarida kumush medalga ega chiqdi
14 NOYABR, 2025, 12:16
VI Islom birdamligi o'yinlarining ettinchi kungi bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.Musobaqa doirasida ayollar o'rtasidagi duatlon bahslari nihoyasiga etdi.
5 km masofaga yugurish, 20 km velopoyga hamda 2,5 km masofaga yugurish poygasidan iborat dasturda O'zbekiston terma jamoasi azosi Alina Hakimova ham ishtirok etib, yakunda musobaqaning kumush medaliga ega chiqdi. Hamyurtimiz 1 soat, 4 daqiqa va 45,9 soniyada marra chizig'ini kesib o'tdi.
Hakimovaning natijasidan keyin jamoamiz hisobidagi medallar soni 43 tani tashkil etyapti: 15 ta oltin, 16 ta kumush va 12 ta bronza.
Manba: olamsport.com
