Bugun Islom birdamligi o'yinlarida ikki sportchimizdan medal kutamiz
14 NOYABR, 2025, 09:48
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o'yinlari davom etmoqda.Bugun kompleks musobaqaning navbatdagi kuni sportchilarimizdan Alina Hakimova duatlon bahslarida ishtirok etsa, muay-taychimiz Sevara Dilmurodova (-65 kg) bronza medali uchun ringga ko'tariladi.

Manba: olamsport.com
