logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Jahon kubogi. Javohir Sindarov ham 1/8 finalga chiqdi

 13 NOYABR, 2025, 17:32

Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo'yicha umumiy mukofot jamg'armasi 2 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi Jahon kubogi bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning 206 nafar shaxmatchisi ishtirokida boshlangan nufuzli musobaqaning 1/16 final bosqichida tay-brek o'yinlari o'tkazildi. Javohir Sindarov dramatik kechgan bahsda xitoylik YU Yangyini 2,5:1,5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tay-brekning birinchi partiyasida durang natija qayd etildi. Ikkinchi partiyada Javohir ajoyib g'alabaga erishdi va 1/8 finalga yo'l oldi. 

Kecha Nodirbek Yakubboev hindistonlik grossmeyster Venkatesh Pranavni ikki o'yin natijasiga ko'ra 1,5:0,5 hisobida taslim etib, nimchorak final ishtirokchisiga aylangandi. Endi Javohir germaniyalik Frederik Svenga, Nodirbek armanistonlik Gabriel Sargissyanga qarshi bahs olib boradi.  

Javohir Sindarov — YU Yan I (Xitoy) - 2,5:1,5

Nodirbek Yakubboev — Venkatesh Pranav (Hindiston) - 1,5:0,5

Eslatib o'tamiz, SHamsiddin Voxidov va Nodirbek Abdusattorov uchinchi bosqichda raqiblariga imkoniyatni boy berib, jahon Kubogidagi ishtiroklarini yakunlagan edi. Ular 11 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritishdi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ