Mahoratli suzuvchimiz Eldorbek Usmonov ham Islom birdamligi o'yinlarida oltin medalga ega chiqdi!
12 NOYABR, 2025, 22:16
O'zbekiston delegaciyasi Ar-Riyod-2025 Islom birdamligi o'yinlarida navbatdagi medaliga ega chiqdi.100 m masofaga erkin usulda suzish dasturining final bosqichida ishtirok etgan hamyurtimiz Eldorbek Usmonov marraga 0:52.69 soniyada etib keldi va barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
Bu orqali Usmonov delegaciyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qo'shib qo'ydi.
Manba: olamsport.com
