logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

2026 yilgi Davogarlar turnirining qaerda o'tkazilishi malum

 11 NOYABR, 2025, 12:00

Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) 2026 yilgi Nomzodlar turniri haqida malumot berdi.

Unga ko'ra, 2026 yilgi erkaklar va ayollar o'rtasidagi Davogarlar turniri 28 martdan 16 aprelgacha Kipr davlatida bo'lib o'tadi. 

Musobaqa Pafos yaqinidagi kurort mehmonxonada o'tkaziladi. Turnirning minimal mukofot jamg'armasi rekord darajadagi 1 million evroni tashkil etadi.

Nomzodlar turnirida dunyoning sakkiz nafar etakchi shaxmatchisi ishtirok etadi, ular 2025 yilgi FIDE Jahon kubogi, Grand Swiss va FIDE Circuit natijalariga ko'ra, qatiy tanlov jarayonidan o'tgan. Ayollar o'rtasidagi nomzodlar turnirining saralash bosqichi ayollar o'rtasidagi Gran-prini ham o'z ichiga oladi.

Nomzodlar turniri g'olibi amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Dommaraja Gukeshga qarshi jahon chempionligi uchun o'ynash huquqini qo'lga kiritadi. Ayollar o'rtasidagi chempionlik unvoniga xitoylik Ju Venjun egalik qiladi. Amerikalik Fabiano Karuana va Hikaru Nakamura, gollandiyalik Anish Giri va germaniyalik Mattias Blyubaum allaqachon turnirga yo'llanmani qo'lga kiritgan. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ