logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Eshitdik-da! Qarshi davlat universiteti Pro ligada o'ynashi mumkin

 10 NOYABR, 2025, 15:16

2025 yilgi mavsumni Birinchi ligada o'tkazayotgan "Lochin" klubi ko'pchilikning etiboriga tushib ulgurdi.

Qarshi davlat universiteti jamoasi debyut mavsumidayoq O'zbekiston Kubogini "yondirdi" deyish mumkin. 

"Lochin" mamlakat kubogining amaldagi egasi "Andijon" va Superliganing yana bir klubi "Surxon"ni guruhda qoldirib ketishga erishdi. Ayni vaqtda "Lochin" Birinchi liga pley-off bellashuvlarida chorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritgan. 

Olingan malumotlarga qaraganda, O'zPFL xuddi "FarDU" bilan bo'lgani kabi "Lochin" bilan ham mavsum davomida hamkorlikda ish olib bormoqda. "FarDU" 2025 yilgi mavsumni "Istiqlol" stadionida boshlab, keyinchalik universitetning o'ziga qarashli stadionini PFL talablari asosida tamirdan chiqardi va avgust oyidan boshlab o'z uyiga qaytdi. Ayni vaqtda esa Qarshi davlat universitetiga qarashli stadionni Pro liga talablari asosida tamirlash ishlari davom etmoqda. 2026 yildan boshlab "Lochin" o'z raqiblarini unda qabul qila boshlaydi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ