logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Dzyudochilarimiz VI Islom birdamligi o'yinlarida 10 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTO

 10 NOYABR, 2025, 14:16

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonligida o'tayotgan VI Islom birdamligi o'yinlari doirasidagi dzyudo musobaqasining yakkalik bahslari yakuniga etdi.

O'zbekiston terma jamoasi murosasiz kechgan ikki kunlik bellashuvlar yakunida medallar jamg'arish bo'yicha 3 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan 32 davlat orasida faxrli 2-o'rinni band etdi.  

Etiborlisi, Muzaffarbek To'raboev Islom Birdamligi o'yinlarining ikki karra chempioniga aylandi. U uch yil avval Turkiyaning Konya shahrida o'tgan V Islom birdamligi o'yinlarida -100 kg vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritgandi. Konyada SHahram Ahadov oltin, Alisher Yusupov kumush medalga sazovor bo'lgandi. Ana shu uch dzyudochimiz hisobida endi Islom birdamligi o'yinlarining ikkitadan medali bor. 

Barcha g'olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medallar

-66 kg: Zamohshari Bekmurodov 

-90 kg: SHahzodxo'ja SHaripov 

+100 kg: Muzaffarbek To'raboev


Kumush medallar

-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva

-73 kg: SHahram Ahadov 

+78 kg: Irisxon Qurbonboeva 


Bronza medallar

-48 kg: Laziza Haydarova

-57 kg: SHukurjon Aminova

-78 kg: Marjona Ko'chimova 

+100 kg: Alisher Yusupov


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">












Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ