logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Fyodor Emelyanenko va Mirko Filipovich o'rtasida revansh jangi o'tkaziladi

 10 NOYABR, 2025, 10:48

Rossiyalik aralash yakkakurash afsonasi 49 yoshli Fyodor Emelyanenko va 51 yashar Mirko "Kro Kop" Filipovich o'rtasidagi revansh jangi bo'yicha muzokara boshlandi.

Rejaga ko'ra, ushbu qiziqarli jang 2026 yilning bahorida Serbiyada bo'lib o'tishi mumkin. Bu haqda Emelyanenkoning o'zi "Gazeta.ru" nashriga bergan intervyusida aytib o'tdi.

"Hozir biz ko'rgazmali emas, real jangni muhokama qilyapmiz. U qanchalik amalga oshishga yaqin? Biz ishtirok etadigan arena, sana, ushbu turnirni moliyaviy qo'llab-quvvatlash bo'yicha to'liq tushuncha bor. Hozir eng qiyini qoldi - shartnomaning barcha bandlarini tartibga keltirish.

U erdagi arenada hali biror marta bo'lmaganman, lekin umuman olganda, Serbiyada bo'lishni yaxshi ko'raman. U erda do'stlarim bor, muqaddas joylarga borishni yaxshi ko'raman. Serbiyalik sportchilar bilan ham muloqot qilaman. Ular Mirkoni qanchalik hurmat qilishlarini bilaman. U MMA va kikboksing tarixidagi eng kuchli jangchilardan biri hisoblanadi", - dedi "So'nggi imperator". 

Agar ushbu jang amalga oshsa, u revansh maqomidagi to'qnashuvga aylanadi. 2005 yil avgust oyida Fyodor Emelyanenko "Yil jangi" va "O'n yillik jangi" deb topilgan ushbu jangda Mirko Filipovichni hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, og'ir vazn toifasida o'ziga tegishli PRIDE chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ