logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mayk Tayson hech kim mag'lub eta olmaydigan bokschini aytdi

 10 NOYABR, 2025, 09:48

Boks afsonasi Mayk Tayson qaysi bokschiga muxlislik qilishi, o'z vaznining eng kuchli charm qo'lqop ustasi haqida berilgan savolga javob berdi.

Temir Maykning aytishicha, yarim og'ir vazn toifasida WBC chempioni Devid Benavides o'z divizionidagi istalgan bokschini mag'lub etishga qodir ekan. 

"Men uning har bir jangidagi g'alabasi uchun pul tikaman. Unga past baho berishadi, u haqidagi fikrlar qutblangan. Menga qarang, men ham uning vaznida bo'lsam, unga qarshi chiqishga qo'rqqan bo'lardim. Unga qarshi jangda hech kimning imkoniyati yo'q. Bu fakt!", - dedi Tayson ESNews’ga bergan intervyusida.

Amerikalik 28 yoshli Benavides 22 noyabr kuni Entoni Yardga qarshi jangda chempionlik kamarini ilk bor himoya qiladi. Yarim og'ir vazn toifasining ikki etakchisi Dmitriy Bivol yoki Artur Beterbievga qarshi jangi tomoshabinlar va promouterlar uchun qanchalik jozibali bo'lishi uning ushbu jangdagi ishtirokiga bog'liq bo'ladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ