logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

KO'JCh. 6 ta gol urilgan o'yinda «Bavariya» «Flamengo»ni mag'lub etdi (videosharh)

 30 IYUN, 2025, 05:34

Braziliyaning «Flamengo» va Germaniyaning «Bavariya» jamoalari o'rtasidagi klublar o'rtasidagi jahon chempionati 1/8 final bosqichi bahsi o'z nihoyasiga etdi. Ushbu uchrashuv AQShning Mayami shahridagi «Xard Rok» stadionida bo'lib o'tdi. Unda Evropa klubi — «Bavariya» 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida «Flamengo» yarim himoyachisi Erik Pulgar burchak to'pidan so'ng o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. 10-daqiqada «Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn myunxenliklar ustunligini ikki barobar oshirdi.

33-daqiqada braziliyalik Jerson hisobni qisqartirdi. 41-daqiqada «Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goretska jarima maydonchasidan tashqaridagi zarbasi bilan jamoasining uchinchi golini urdi.

54-daqiqada «Flamengo» yarim himoyachisi Jorjino penaltini aniq amalga oshirib, darvozabon Manuel Noyerni dog'da qoldirdi. 73-daqiqada esa Keyn dublini rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, «Bavariya» chorak finalga yo'l oldi va u erda 1/8 finalda «Inter Mayami»ni 4:0 hisobida mag'lub etgan «Pari Sen-Jermen»ga qarshi maydonga tushadi. Bir kun avval esa birinchi chorak final juftligi sifatida «Palmeyras» (Braziliya) va «Chelsi» (Angliya) jamoalari aniqlangan edi. Klublar o'rtasidagi jahon chempionati AQShda 13 iyul kuni o'z nihoyasiga etadi.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati, 1/8 final
«Flamengo» (Rio-de-Janeyro, Braziliya) — «Bavariya» (Myunxen, Germaniya) - 2:4 (0:2)
Gollar:
0:1 — Pulgar (avtogol), 6-daqiqa
0:2 — Keyn, 10-daqiqa
1:2 — Jerson, 33-daqiqa
1:3 — Goretska, 41-daqiqa
2:3 — Jorjino (penalti), 54-daqiqa
2:4 — Keyn, 73-daqiqa

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ