Adhamjon Ergashev oltin va kumush medallarni ham qo'lga kiritdi
9 NOYABR, 2025, 15:48
Og'ir atletikachimiz Adhamjon Ergashev VI Islom Birdamligi o'yinlarining uchchala komlekt medallarini o'ziniki qilib oldi.-65 kg vazn toifasidagi atletimiz siltab ko'tarish mashqida 170 kg bilan oltin, ikki kurash hisobida esa 304 kg natija bilan kumush medalni qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, hamyurtimiz ushbu musobaqada barcha turdagi medallarni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Ergashev biroz avval dast ko'tarish mashqida bronza medaliga ega chiqqan edi.

Manba: olamsport.com
