logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saudiya chempionati. «An-Nasr» «Neom»ni mag'lub etdi, Ronaldu penaltidan gol urdi (videosharh)

 8 NOYABR, 2025, 22:00

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 8-turidan o'rin olgan «Neom» – «An-Nasr» uchrashuvi yakunlandi. Bellashuv Tabuk shahridagi «King Xalid Sports Siti» stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvda mehmon jamoa 3:1 hisobi bilan g'alaba qozondi.

Uchrashuvda hisobni 47-daqiqada mehmonlar hujumchisi Gabriel Anjelo ochdi. 56-daqiqada «Neom» forvardi Lusiano Rodriges qizil kartochka oldi va maydondan chetlatildi.

65-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan aniq zarba berib, hisobni oshirdi — bu uning faoliyatidagi 953-gol bo'ldi. 84-daqiqada maydon egalari forvardi Axmed Abdu Jaber hisobni qisqartirdi, ammo oradan ikki daqiqa o'tib Joau Feliks yakuniy hisobni o'rnatdi — 1:3.

8-turdan keyin «An-Nasr» 24 ochko bilan Saudiya chempionati jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. «Neom» esa 13 ochko bilan ettinchi o'rinda qoldi.

Saudiya Arabistoni — Pro-liga. 8-tur
8 noyabr 2025 yil, shanba. 18:50
Neom — An-Nasr 1:3
Gollar: 0:1 — Anjelo (47'), 0:2 — Ronaldu (65', penalti), 1:2 — Abdu Jaber (84')
1:3 — Feliks (86')
Chetlatish: Rodriges (56') — yo'q

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ