logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC Fight Night 264 turniri ishtirokchilari taroziga chiqdi, bir jangchi vazn qila olmadi

 8 NOYABR, 2025, 11:00

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

UFC Fight Night 264 oqshomi ishtirokchilari ananaga ko'ra rasmiy tarozidan o'tish hamda so'nggi face to face marosimida hozir bo'lishdi. Kechaning asosiy jangi yarimo'rta vazn toifasida braziliyalik Gabriel Bonfim hamda Yamayka sharafini himoya qilayotgan Rendi Braun o'rtasida o'tkaziladi. Har ikki jangchi belgilangan vazn meyorini bajardi. Bonfim – 77.34 kg, Rendi Braun 77.56 kg tosh bosdi.  

Bir jangchi belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Ismael Bonfim engil vazn toifasi uchun belgilangan limitdan 5 funt (2.27 kg) ko'p tosh bosdi. Endi u gonorarining 25 foizini raqibi Kris Padillaga beradi. UFC Fight Night 264 turniri kardidan jami 12 ta jang o'rin olgan. 


UFC Fight Night 264 tarozi natijalari:

Asosiy kard janglari

Gabriel Bonfim (77.34 kg) – Rendi Braun (77.56 kg)

Jozef Morales (56.7 kg) – Mett SHnell (57.15 kg)

Urosh Medich (77.56 kg) – Muslim Salixov (77.56 kg)

Ismael Bonfim (73.03 kg)* – Kris Padilla (70.31 kg)

Kristian Leroy Dankan (83.91 kg) – Marko Tulio (84.13 kg)


Prelim kard janglari

Xayder Emil (65.99 kg) – Jamall Emmers (65.77 kg)

Raoni Barselos (61.69 kg) – Riki Simon (61.46 kg)

Jaklin Kavalkanti (61.46 kg) – Mayra Bueno Silva (61.46 kg)

Maks Gimenis (116.39 kg) – Josh Xokit (107.05 kg)

Deniz Gomes (52.16 kg) – Tisha Pennington (51.93 kg)

Mayls Jons (61.46 kg) – Daniel Markos (61.69 kg)

Jekson MakVey (87.77 kg) – Zakari Riz (87.99 kg) – kelishuv bo'yicha vazn (88.45 kg)



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ