To'rt shaxmatchimizning bari Jahon kubogining uchinchi bosqichiga chiqdi
7 NOYABR, 2025, 11:00
Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo'yicha umumiy mukofot jamg'armasi 2 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi Jahon kubogi bo'lib o'tmoqda.Dunyoning 206 nafar shaxmatchisi qatnashayotgan nufuzli musobaqaning 1/64 final bosqichida tay-brek bahslari o'tkazildi. To'rt grossmeysterimizdan ikki nafari - Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboev ikki o'yin natijasiga ko'ra g'alaba qozonib, uchinchi bosqichga yo'l olishgandi.
Qolgan ikki shaxmatchimiz - Nodirbek Abdusattorov va SHamsiddin Vohidov raqiblari bilan hal qiluvchi tay-brekda o'ynashdi. Abdusattorov qozog'istonlik Denis Maxnevni 2,5:1,5, Vohidov ispaniyalik grossmeyster Maksim CHigaevni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Grossmeysterlarimizning uchinchi bosqichidagi raqiblari:
Nodirbek Abdusattorov - Xose Martines Alkantara (Ispaniya)
Javohir Sindarov - Nikolas Teodoru (Greciya)
Nodirbek Yakubboev - Tay Van Nguen (Vetnam)
SHamsiddin Vohidov - Arjun Ergaisi (Hindiston)
Nomzodlar turniri yo'llanmasi uchun kechayotgan Jahon kubogining bugungi uchinchi bosqich ilk uchrashuvlari bizning vaqt bilan soat 14:30da boshlanadi. SHamisiddin Vohidovni jiddiy sinov kutib turibdi. U hindistonlik Arjun Ergaisiga qarshi dona suradi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">




Manba: olamsport.com
