WTA Finals. Arina Sobolenko guruh g'olibasi sifatida 1/2 finalga chiqdi
7 NOYABR, 2025, 10:00
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida dunyo reytingida Top-8`talikda borayotgan tennis malikalari ishtirokidagi WTA Yakuniy turniri davom etmoqda.SHteffi Graf nomidagi guruhning uchinchi tur uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko WTA reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Koko Goffni ikki setda mag'lub etdi - 7/6(5), 6/2. Bu bilan belaruslik ikki tennischining o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini tiklab qo'ydi - 6:6.
Sakson to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 3, Goff 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar karrasiga Kokoda ko'proq bo'ldi - 6 ga 1. Breyklar bo'yicha g'olib tennischi ustunlikka ega bo'ldi - 5 ga 3. Uchchala uchrashuvda g'alaba qozongan Sobolenko guruh g'olibasi sifatida 1/2 finalga yo'l oldi. U qatoriga to'rtinchi bor WTA Finals 1/2 finalida o'ynaydi. Uning final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvdagi raqibasi amerikalik Amanda Anisimova bo'ladi.

Manba: olamsport.com
