Sergey Fomin Bahrayn turniridagi yurishini boshladi
6 NOYABR, 2025, 07:16
Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.O'tgan hafta Xitoydagi turnirda chempion bo'lgan hamyurtimiz Sergey Fomin endi G'arbiy Osiyoni zabt etishga kirishdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 1/16 finalda ruminiyalik Vladislav Melnikni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(5), 6/4.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 460, Melnik 2147-pog'onadan joy olgan. Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Fomin 1/8 finalda rossiyalik 18 yoshli Timofey Derepaskoga qarshi kortga chiqadi. Reytingning 865-pog'onasida borayotgan Derepasko ilk davrada germaniyalik Kirin Veberni yanchib tashladi - 6/0, 6/0.

Manba: olamsport.com
