logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Germaniya kubogi. Keynning dubli «Bavariya»ga «Kyoln»ni mag'lub etishga yordam berdi (videosharh)

 30 OKTYABR, 2025, 08:00

Germaniya kubogi 1/16 final bosqichi doirasida «Kyoln» — «Bavariya» o'yini bo'lib o'tdi. Bellashuv Kyolndagi «Kyoln» stadionida bo'lib o'tgan bahsda mehmonlar 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

31-daqiqa — mezbonlar hujumchisi Ragnar Axe hisobni ochdi.
36-daqiqa — mehmonlar forvardi Luis Dias hisobni tenglashtirdi.
38-daqiqa — «Bavariya» hujumchisi Garri Keyn jamoasini oldinga olib chiqdi.
64-daqiqa — Keyn ikkinchi golini urdi.
72-daqiqa — Maykl Olise «Kyoln» darvozasiga to'rtinchi golni kiritib, o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi.

Kubokning ilk bosqichida «Kyoln» «Yan»ni 2:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, «Bavariya» «Veen» ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi.

Germaniya kubogining amaldagi g'olibi — finalda «Arminiya»ni 4:2 hisobida enggan «Shtutgart» jamoasi hisoblanadi.

Germaniya kubogi. 1/16 final
29 oktyabr, 2025 yil (chorshanba)
Kyoln (Kyoln) — Bavariya (Myunxen) — 1:4
Gollar: 1:0 — Axe (31), 1:1 — Dias (36), 1:2 — Keyn (38), 1:3 — Keyn (64), 1:4 — Olise (72).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ