logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A seriya. «Napoli» «Lechche»ni mag'lub etdi va peshqadamlikni saqlab qoldi (videosharh)

 29 OKTYABR, 2025, 08:00

Italiya A Seriyasining 9-turidan o'rin olgan “Lechche” va “Napoli” jamoalari o'rtasida o'yin bo'lib o'tdi. Uchrashuv Lechche shahridagi “Ettore Jardinero — Via Del Mare” stadionida bo'lib o'tdi. Bahsda mehmonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Uchrashuvdagi yagona golni 69-daqiqada “Napoli”ning kamerunlik yarimhimoyachisi Frank Angissa urdi.

Bu g'alaba neapolliklarga ochkolar sonini 21 taga etkazish va chempionatda peshqadamlikni saqlab qolish imkonini berdi. “Lechche” esa to'qqizta o'yindan keyin 6 ochko bilan turnir jadvalida 16-o'rinda qolmoqda.

Italiya — A Seriya. 9-tur
28 oktyabr 2025 yil, seshanba.
Lechche (Lechche) — Napoli (Neapol)  - 0:1
Gol: 0:1 — Angissa (69')

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ