logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:05
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Umida Omonova shaxmatning blits yo'nalishida Osiyo chempioniga aylandi

 18 DEKABR, 2023, 01:12

BAAning Al-Ayn shahrida shaxmat bo'yicha yoshlar va o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati 17 dekabr, yakshanba kuni start oldi.

Musobaqada 41 ta davlatdan 650 nafar shaxmatchilar ishtirok etmoqda.

O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Umida Omonova qizlar o'rtasida U18 toifasida blits yo'nalishida 1-o'rinni qo'lga kiritib, Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo'ldi. Hamyurtimiz 9 o'yinda 8,5 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi.

Shuningdek, yana bir qator shaxmatchilar sovrinli o'rinlarni egalladi. Davron Sharipov (U18) 2-o'rinni egallagan bo'lsa, Malikaxon Jumaeva (G12) va Husnoraxon Husnitdinova (G08) 3-o'rin sohibiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR