logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:36
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Onana: «Yomon natijalarga hammamiz javobgarmiz»

 17 DEKABR, 2023, 19:36

«Manchester Yunayted» darvozaboni Andre Onana «qizil iblislar» ustozi Erik ten Xag haqida gapirdi.

Darvozabon gollandiyalik mutaxassis zo'r murabbiy ekanligini, uning ishlashi va futbolchilar bilan muloqot qilish uslubini yoqtirishini ta'kidladi.

«Ammo ishlar noto'g'ri bo'lganda, biz hammamiz javobgarmiz, chunki biz birga g'alaba qozonamiz va birga yutqazamiz.

Umid qilamanki, hamma narsa tezroq jamoa uchun yaxshi hal bo'ladi», - dedi Onana.

Avvalroq OAVda bir qancha o'yinchilar Ten Xagning ishidan norozi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR