logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A seriya. «Latsio» Rimda «Yuventus»ni taslim etdi (videosharh)

 27 OKTYABR, 2025, 07:34

Italiya chempionati 8-turidan o'rin olgan «Latsio» — «Yuventus» uchrashuvi Rimdagi «Olimpiko» stadionida bo'lib o'tdi. Bosh hakam sifatida Andrea Kolombo bahsni boshqardi. Uchrashuv 1:0 hisobi bilan rimliklar foydasiga yakunlandi.

Bellashuvdagi yagona golni 9-daqiqada Toma Bashich urdi. Shu tariqa, «Latsio» jamoasi ochkolar sonini 11 taga etkazib, turnir jadvalida 10-pog'onaga ko'tarildi.

«Yuventus» esa so'nggi paytlarda muvaffaqiyatsiz o'yinlar seriyasini davom ettirdi — turinliklar so'nggi 8 ta uchrashuvda g'alaba qozona olmayapti, shulardan uchtasi — mag'lubiyat bilan tugagan. Hozirda jamoa 12 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi.

Italiya — A seriya, 8-tur
26 oktyabr 2025 yil, yakshanba
Rim, «Olimpiko» stadioni
Latsio (Rim) — Yuventus (Turin) - 1:0
Gol: Bashich (9’)
Bosh hakam: Andrea Kolombo

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ