logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saudiya Pro-ligasi. «An-Nasr» «Al-Hazm»ni mag'lub etdi, Ronaldu 950-golini urdi (videosharh)

 26 OKTYABR, 2025, 08:00

Saudiya Pro-ligasining 6-turidan o'rin olgan bahsda «An-Nasr» safarda «Al-Hazm»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv Ar-Ras shahrida bo'lib o'tdi.

Birinchi bo'limda mehmonlar tashabbusni qo'lga olishdi va 25-daqiqada Joau Feliks hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limning so'ngi qismida (88-daqiqada)esa Krishtianu Ronaldu jamoasining ikkinchi golini urdi va g'alabani mustahkamladi. Bu gol portugaliyalik yulduz uchun faoliyatidagi 950-gol bo'ldi .

Shu tariqa «An-Nasr» joriy mavsumdagi navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi va jadvalda etakchilikni saqlab qoldi. 6 turdan keyin Ar-Riyad klubi 18 ochko bilan birinchi o'rinda, «Al-Hazm» esa 5 ochko bilan 14-pog'onada joylashgan.

Saudiya Arabistoni — Pro-liga. 6-tur
25 oktyabr 2025 yil, shanba.
Ar-Ras, «Al-Kudsiya» stadioni
«Al-Hazm» — «An-Nasr» — 0:2
Gollar: 0:1 — Feliks (25'), 0:2 — Ronaldu (88')

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ