logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Inter Mayami» Messi bilan shartnomani uzaytirdi (video)

 23 OKTYABR, 2025, 21:00

«Inter Mayami» o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida video e'lon qildi.

Unda jamoa hujumchisi va sardori Lionel Messi stadiondagi ta'mirlash ishlari fonida hujjatlarni o'qib, so'ngra imzolayotgani aks etgan. «Flamingolar» bu postni «U uyda» izohi bilan birga joylashdi.

Avvalroq, OAV 38 yoshli futbolchi 2028 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekishi haqida xabar bergan edi.

Kelgusi yilga «Inter Mayami»ning yangi stadioni ochilishi rejalashtirilgan.

Messi «Inter Mayami» tarkibida 2023 yil yozidan beri to'p suradi. Bu davr mobaynida hujumchi barcha musobaqalarda 82 ta o'yinda ishtirok etib, 71 ta gol va 37 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ