logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:15
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rabo: "Avstraliyaga qarshi o'yin menga yangi klub topishga yordam beradi"

 24 NOYABR, 2022, 13:30

Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo kelasi mavsumda klubini o'zgartirishini istisno qilmayapti.

Eslatib o'tamiz, mavsum yakunida futbolchining «keksa sinyora» bilan shartnomasi tugaydi.

«Yuventus» bilan shartnomani uzaytirishim mumkinmi? Bilmadim, hozir bunday gaplarning vaqti emas.

O'ylaymanki, Avstraliyaga qarshi o'yin menga yangi klub topishga yoki «Yuventus» bilan muzokaralarda muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi.

Ayni damda bor e'tiborimni jahon chempionatiga qaratganman», - deya Raboning so'zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Avstraliyaga qarshi o'yinda Rabo gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR