logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:24
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Daniyalik futbolchi uchun JCh yakunlandi

 24 NOYABR, 2022, 13:25

Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Tomas Dileyni jarohati sabab jahon chempionatining qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

Futbolchi guruh bosqichining 1-turi doirasida Tunis bilan o'yinda (0:0) jarohat olgandi. Bu haqda Daniya terma jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Biz Tomasni maydonda ham, maydon tashqarisida ham sog'inamiz. Qolgan futbolchilar tayyor, keyingi o'yinlar uchun kuchli tarkibga egamiz», - deydi Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Kasper Yulmann.

Daniya terma jamoasi Qatarda bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining «D» guruhida ishtirok etmoqda. Daniyaliklarning raqiblari Tunis, Frantsiya va Avstraliya. 1-turdan so'ng guruhda frantsuzlar uch ochko jamg'arib, peshqadamlik qilmoqda.

Daniya va Tunisda bittadan ochko bor. Avstraliya terma jamoasi turnir jadvalini 0 ochko bilan yopib beradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR