logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:03
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Real" sobiq futbolchisi: "Ularning buni aytishga haqlari yo'q"

 24 NOYABR, 2022, 12:52

Krishtianu Ronalduning sobiq jamoadoshi Fabiu Koentrau 37 yoshli hujumchining tanqidchilari haqida keskin gapirdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Ronaldu shov-shuvli intervyu berib, uning amaldagi klubi rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagni tanqid qilgan edi. Shundan so'ng "mankunianliklar" yulduz futbolchi bilan shartnomani bekor qilishdi.

Koentrau hozir futboldan juda uzoqda ekanligini tan oldi, biroq bu vaziyatda u Ronalduni tanqid qilganlarga javob berishni zarur deb hisobladi.

“Krishtianu haqida eshitganlarim menga yoqmaydi. Hech kim bo'lmagan sobiq futbolchilar bor va ular Ronaldu haqida nimagadir erishgandek gapirishadi.

Ularning buni aytishga haqlari yo'q», - deya Koentrau so'zlarini keltiradi Relevo.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR