UFC chempioni "Manchester Siti"ning qaysi futbolchisi bilan mashg'ulot o'tkazishni istashini aytdi
22 OKTYABR, 2025, 19:00
UFC’ning og'ir vazn (120 kg gacha) chempioni, 32 yoshli angliyalik Tom Aspinall “Manchester Siti” jamoasi tarkibidan kim bilan birga mashg'ulot o'tkazishni xohlashi haqida so'z yuritdi.- "Manchester Siti" futbolchilari orasidan kimni mashg'ulotga taklif qilgan bo'larding va nega?
- Ehtimol, men Erling Xoland bilan birga mashg'ulot o'tkazgan bo'lardim, chunki u elita darajadagi sportchi. Nima, siz men Jeyms Traffordni aytaman, deb o'yladingizmi? (kuladi), — dedi Aspinall TNT Sports nashriga bergan intervyusida.
Manba: olamsport.com
