logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC Valter Uokerning navbatdagi jangini tasdiqladi + POSTER

 18 OKTYABR, 2025, 10:32

Hamyurtimiz Bogdan Guskovning braziliyalik do'sti bir haftadan so'ng oktagonga chiqadi.

Valter Uoker 25 oktyabr kuni BAAning Dubay shahrida o'tkaziladigan raqamlangan UFC 321 turnirida britaniyalik Lui Sazerlend bilan hisob-kitob qiladigan bo'ldi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi. 

Aslida Uoker o'tgan hafta oBraziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilgan UFC Fight Night 261 turnirida Kamaru Usmanning ukasi Muhammad Usmanga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Usman rasmiy tarozi marosimiga bir necha soat qolgan bir paytda o'zini yomon his qilgani uchun jangdan "echilgandi". 

Malumot uchun, Uoker shu kungacha MMAda 15 ta jang o'tkazib, 14 g'alaba (6 tasi nokaut) va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Sazerlend esa 13 ta jangining 10 ta (8 tasi nokaut)sida zafar quchgan. Hisobida 3 ta mag'lubiyat bor. Britaniyalik uchun bu UFC`dagi debyut jang bo'ladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ