logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nursulton Ro'ziboevning jamoadoshi Islam Maxachev bilan bir kardda jang qiladi

 18 OKTYABR, 2025, 08:48

Xabaringiz bor, 16 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahridagi "Medison-Skver Garden" majmuasida UFC 322 turniri o'tkaziladi.

Mazkur turnirdan o'rin olgan yana bir qarama-qarshilik malum bo'ldi.

Unga ko'ra, yarim o'rta vazn toifasida UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan amerikalik aralash yakkakurash ustasi SHon Bredi turnir doirasida sakkizinchi pog'onadagi ekvadorlik Maykl Moralesga qarshi oktagonga chiqadi. 

Malumot uchun, 32 yoshli SHon Bredi o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboevning jamoadoshi hisoblanadi. U faoliyati davomida 19 ta jang o'tkazib, 18 g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. 26 yashar Maykl Morales hisobida esa 18 ta jangda qo'lga kiritilgan 18 ta g'alaba bor.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ