logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Liga 1. «PSJ» 2 ta to'p farqi bilan ortda borayotib mag'lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)

 18 OKTYABR, 2025, 08:00

Frantsiya Liga 1 musobaqasining 2025/2026 yilgi mavsumi 8-turidan o'rin olgan «PSJ» — «Strasburg» uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi. Bellashuv Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo'lib o'tdi. O'yin 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi.

O'yinning boshida maydon egasi Bredli Barkola hisobni ochdi. 26-daqiqada «Strasburg» hujumchisi Xoakin Panichelli hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo'limning oxirida Diegu Moreyra mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 49-daqiqada Panichelli dublni rasmiylashtirdi.

58-daqiqada Gonsalu Ramush farqni qisqartirdi, 79-daqiqada esa Senni Mayulu hisobni 3:3 qilib tenglashtirdi.

Oldingi turda «PSJ» «Lill»ga qarshi 1:1 hisobida durang o'ynagan bo'lsa, «Strasburg» «Anje»ni 5:0 hisobida mag'lub etgan edi.

«PSJ» 8-turdan keyin 17 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turgan bo'lsa, «Strasburg» 16 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi. 15 ochko to'plab turgan "Marsel" va "Lion" mazkur turda g'alaba qozonsa, peshqadamlikni o'z qo'liga olishi mumkin.

Frantsiya — Liga 1, 8-tur
17 oktyabr 2025 yil, juma
Parij, «Park de Prens»
PSJ (Parij) — Strasburg (Strasburg) - 3:3
Gollar: 1:0 — Barkola (6'), 1:1 — Panichelli (26'), 1:2 — Moreyra (41'), 1:3 — Panichelli (49'), 2:3 — Ramush (58'), 3:3 — Mayulu (79')

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ