logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Umar Nurmagomedov: UFC chempionligi yoki Dvalishvili bilan revansh? Men ko'proq qasos olmoqchiman

 17 OKTYABR, 2025, 15:48

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Umar Nurmagomedov navbatdagi jang rejasi va gruziyalik Merab Dvalishvili bilan revansh jangini o'tkazish istagi haqida gapirdi.

Umarning so'zlariga ko'ra, u mukammal lahzani kutmoqchi emas va yanvar yoki fevral oylarida - Ramazon oyi boshlanishidan oldin oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda. SHu bilan birga u UFC taklif qilgan har qanday raqib bilan jang qilishga tayyor.

"Kamar yoki Dvalishvili bilan revanshdan birini tanlashga to'g'ri kelsa, ehtimol, yanada ko'proq qasos olishni istayman. Ko'ramiz, balki Merab Yan bilan jangdan keyin tanaffus qilar - axir bu uning bir yil ichidagi to'rtinchi jangi. Ammo men yanvar yoki fevralda jang qilishni xohlayman, hech kimni kutishni istamayman. Hammasi UFC qaroriga bog'liq bo'ladi", - deya Nurmagomedovning so'zlarini keltiradi MMAJunkie.

Avvalroq, Dvalishvili agar ular yana oktagonda uchrashsa, Nurmagomedovni "yo'q qilishini" aytgandi. Ularning jangi UFC 311 turniri doirasida bo'lib o'tgan va unda Umar Nurmagomedov hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra yutqazgan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ