41 yoshli kung-fu qirolining UFC'dagi yangi jangi tasdiqlandi
16 OKTYABR, 2025, 15:32
Rossiyalik tajribali aralash yakkakurash ustasining navbatdagi jang tavsilotlari malum bo'ldi.41 yoshli Muslim Salixov 9 noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC Vegas 111 turnirida oktagonga ko'tariladi. O'sha kuni Salixovga serbiyalik Urosh Medich raqib bo'ladi.
Malumot uchun, Salixov so'nggi jangini 26 iyul kuni braziliyalik Karlos Lealga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongandi. Uning hisobida jami 22 g'alaba va 5 mag'lubiyat bor. 32 yoshli Medich esa hozirgacha faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, 11 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyatni rasmiylashtirgan.
Manba: olamsport.com
