logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Topuriya va Oliveyraning ilk face to face marosimi do'stona ruhda o'tdi + FOTO

 27 IYUN, 2025, 09:00

Bizning vaqt bilan 29 iyun kuni tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC`ning navbatdagi raqamlangan turniri bo'lib o'tadi.

UFC 317 turniri ishtirokchilari jang oldidan ilk face to face marosimini o'tkazib olishdi. Oqshomning asosiy jangi engil vaznda Islam Maxachevdan vakant qolgan UFC chempionlik kamari uchun o'tkaziladi. Unda ushbu kamarning sobiq sohibi, braziliyalik CHarlz Oliveyra asli kelib chiqishi gruziyalik, hozirda Ispaniya sharafini himoya qilayotgan Iliya Topuriyaga qarshi oktagonga chiqadi. 

Jangchilarning nigohlar to'qnashuvi o'ta samimiy, do'stona ruhda, ehtiroslarga berilmagan holatda o'tdi. Hozirda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Topuriya hisobida 16 ta g'alaba bor. Oliveyra esa 35 g'alaba va 10 ta mag'lubiyat qayd etgan. 

Malumot uchun, o'tgan yilning oktyabr oyida o'tgan UFC 308 turnirida Iliya Topuriya yarimengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini ilk bor muvaffaqiyatli himoya qilgandi. O'shanda u amerikalik Maks Xolloueyni uchinchi raundda nokautga uchratgan edi. CHarlz Oliveyra esa UFC 309 turniri doirasida amerikalik Maykl CHendlerni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.




Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ