«Barselona» ayollari «Bavariya»ni tekislab tashladi (video)
8 OKTYABR, 2025, 14:00
Ayollar o'rtasidagi Evropa Chempionlar ligasida kecha ilk tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
O'tgan mavsum finalda "Arsenal"ga yutqazib qo'ygan (0:1) "Barselona" yangi mavsumni "Bavariya"ga qarshi uy o'yini bilan boshladi va 7:1 hisobida raqibini tor-mor keltirdi.
Kataloniyaliklar safida Eva Payor (12, 56) va Klaudiya Pina (88, 90+2) dubl qayd etdi. Yana Aleksiya Putelyas (4), Esme Brugts (27) va Salma Papalyuelo (45+1) bittadan gol urdi. Myunxenliklardan yagona javob golini Klara Bul 32-daqiqada kiritdi.
Manba: stadion.uz
