Ramazon Temirov UFC reytingidan chiqarildi
8 OKTYABR, 2025, 09:32
UFC tashkiloti so'nggi musobaqadan keyin vazn toifalari reytinglarida o'zgarishlarni amalga oshirdi.Afsuski, o'ta engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Ramazon Temirov reytingni tark etdi. U 14-pog'onani egallab turgandi.
Avvalroq, Combat Sports Anti-Doping (CSAD) tashkiloti Ramazonning 2026 yil iyul oyiga qadar janglardan chetlatilgani haqida xabar bergandi.
Malumot o'rnida, qashqadaryolik sportchi UFC'da hozirgacha 2 ta jang o'tkazib, har ikkisida g'alaba qozongan.

Manba: olamsport.com
