logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A seriya. «Milan» penaltidan foydalana olmay, safarda «Yuventus» bilan durang o'ynadi (videosharh)

 6 OKTYABR, 2025, 07:00

Italiya A seriyasining 6-turidan o'rin olgan "Yuventus" va "Milan" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi. Uchrashuv Turin shahridagi "Allyants" stadionida bo'lib o'tdi. O'yin hisob ochilmagan holda — 0:0 hisobida nihoyasiga etdi.

"Qizil-qoralar" safidagi hujumchi Kristian Pulishich 54-daqiqada penaltidan hisobni ochish imkoniga ega bo'ldi, ammo amerikalik futbolchi aniq zarba yo'llay olmadi.

Shu natijadan so'ng, "Milan" 6 ta o'yindan keyin 13 ochko to'plab turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. "Yuventus" esa 5 ta o'yinda 12 ochko to'plab, to'rtinchi o'rinda joylashgan.

Chempionatda "Napoli" 6 ta o'yinda 15 ochko jamg'arib, peshqadamlikni saqlab qolgan.

Italiya — A seriya, 6-tur
5 oktyabr 2025, yakshanba.
"Yuventus" (Turin) — "Milan" (Milan) - 0:0
Noaniq penalti: Kristian Pulishich 54 ("Milan", noaniq zarba)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ