logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Magomed Ankalaev va Aleks Pereyraning gonorarlari malum qilindi

 5 OKTYABR, 2025, 08:00

Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC 320 turniri bo'lib o'tmoqda.

Oqshomning asosiy jangi yarim og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni rossiyalik 33 yoshli Magomed Ankalaev hamda ushbu kamarning sobiq sohibi braziliyalik 38 yoshli Aleks Pereyra o'rtasida o'tkaziladi. Ushbu jang Pereyra uchun revansh maqomida bo'ladi.  

Malumotlarga ko'ra, Ankalaev bugungi jangdan kafolatlangan, homiylik gonorari va boshqa to'lovlarni o'z ichiga olgan holda taxminan 2,5 million dollar, uning raqibi Pereyra esa 2,82 million dollar ishlab oladi.

Eslatib o'tamiz, Ankalaev va Pereyra o'rtasidagi birinchi jang shu yilning 9 mart kuni UFC 313 turnir doirasida bo'lib o'tgandi. Besh raund to'liq davom etgan jang hakamlarning yakdil qarori bilan Magomedning g'alabasi bilan yakunlangan edi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ