logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Turkiya superligasi. «Galatasaroy» bir soat davomida o'n kishi bo'lib o'ynab, Gyundoganning goli evaziga «Beshiktosh» bilan durangga erishdi (videosharh)

 5 OKTYABR, 2025, 07:34

Turkiya Superligasining 8-turidan o'rin olgan o'yinda «Galatasaroy» o'z maydonida «Beshiktosh»ni qabul qildi. Bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Mehmonlar 12-daqiqada hujumchi Temmi Abrahamning goli orqali hisobni ochishdi. «Sherlar» esa 55-daqiqada yarimhimoyachi Ilkay Gyundoganning zarbasi bilan hisobni tenglashtirishdi.

Mezbonlar 34-daqiqadan boshlab himoyachi Davinson Sanches to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olganidan keyin o'n kishi bo'lib o'ynashdi.

«Galatasaroy» shu natija orqali jami 22 ochko to'plab, turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. «Beshiktosh» esa 13 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.

Turkiya superligasi, 8-tur
Galatasaroy — Beshiktosh - 1:1
Gollar: 0:1 — Abraxam (12'), 1:1 — Gyundogan (55')

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ