«Lill» darvozaboni «Roma»ga qarshi o'yinda 3 ta penaltini qaytardi (video)
3 OKTYABR, 2025, 10:34
«Lill» darvozaboni Berke Ozer «Roma»ga qarshi uchrashuvda ketma-ket uchta penaltini qaytardi.
Frantsiya klubi Evropa Ligasi umumiy bosqichi 2-turidan o'rin olgan safar uchrashuvida 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Ikkinchi taymda hakam Erik Lambrexts frantsuzlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Ammo «Lill» posboni zarba berilishidan avval chiziqni tark etgani uchun hakam yana 2 marta penaltini qaytish tepish kerakligi haqida qaror chiqardi (VAR yordamida). «Lill» golkiperi 82-daqiqada Artyom Dovbikning ikki marta 11 metrlik zarbasini qaytardi, 85-daqiqada esa Matias Soule yo'llagan zarbani ham seyv qildi.
Natijada Ozer 3 daqiqa ichida 3 ta penaltini qaytardi — bu Evropa Ligasi tarixida ilk marta sodir bo'ldi.
Manba: stadion.uz
