logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Milan» bir kishi kam bo'lib o'ynab, «Napoli»ni mag'lub etdi va A seriyasida peshqadamga aylandi (videosharh)

 29 SENTYABR, 2025, 07:34

Italiya chempionati 2025/26 yilgi mavsumi 5-turidan o'rin olgan «Milan» va «Napoli» jamoalari o'rtasidagi chchrashuv Milandagi «San-Siro» stadionida bo'lib o'tdi. Bahsda uy egalari 2:1 hisobi bilan g'alaba qozondi.

Hisobni uchinchi daqiqada milanlik hujumchi Aleksis Salemakers ochdi. 31-daqiqada «qizil-qoralar» forvardi Kristian Pulishich farqni ikki golga etkazdi.

Ikkinchi bo'limda maydon egalarining himoyachisi Pervis Estupinyan jarima maydoni ichidagi qoidabuzarlik uchun maydondan chetlatildi. «Napoli» yarim himoyachisi Kevin De Bryoyne 60-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi.

Neapolliklar bir kishi ko'p bo'lib o'ynaganiga qaramay, qolgan daqiqalarda raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi.

Joriy mavsumda Antonio Konte qo'l ostidagi «Napoli» 5 o'yindan keyin 12 ochko to'plab A Seriyasi jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Massimiliano Allegri boshqarayotgan «Milan» esa shuncha ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi.

Italiya — A Seriyasi, 5-tur
28 sentyabr 2025 yil, Milan, «San-Siro» stadioni
Milan — Napoli — (2:1)
Gollar: Salemakers (3'), Pulishich (31') — De Bryoyne (60')
Chetlatish: Estupinyan (57')

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ