logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A seriya. «Milan» «Udineze»ni yirik hisobda mag'lub etdi va ikkinchi o'ringa ko'tarildi (videosharh)

 21 SENTYABR, 2025, 07:34

Italiya A seriyasi 4-turidan o'rin olgan “Udineze” – “Milan” uchrashuvi yakunlandi. Jamoalar Italiyaning Udine shahridagi “Blyuenerji” stadionida maydonga tushishdi. Mezbonlar mazkur bahsda yirik hisobda mag'lubiyatga uchrashdi — 0:3.

Birinchi gol 39-daqiqada “Milan” hujumchisi Kristian Pulishich tomonidan kiritildi. 46-daqiqada yarim himoyachi Yussuf Fofana amerikalik futbolchining uzatmasidan so'ng hisobni oshirdi. 53-daqiqada esa Pulishich dublga erishdi.

Bu g'alabadan keyin “Milan”ning ochkolari soni 9 taga etdi. “Rossoneri” A seriya jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tarildi. “Udineze” esa 7 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda.

Italiya — A seriya. 4-tur
20 sentyabr 2025 yil, shanba.
Udineze (Udine) — Milan (Milan) - 0:3
Gollar: 0:1 — Pulishich (39'), 0:2 — Fofana (46'), 0:3 — Pulishich (53')

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ