logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. Tyuramning dubli «Inter»ga Amsterdamda g'alaba keltirdi (videosharh)

 18 SENTYABR, 2025, 05:34

Evropa chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turi doirasida «Ayaks» o'z maydonida «Inter»ni qabul qildi. Milanliklar har ikki bo'limda bittadan gol urib, 2:0 hisobida zafar quchishdi.

Uchrashuvning birinchi yarmida asosiy kurash maydon markazida kechdi. 42-daqiqada Chalhano'g'luning burchakdan uzatmasini Markus Tyuram bosh bilan golga aylantirdi. Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan yana shu juftlik harakati samara berdi: Chalhano'g'luning burchakdan uzatmasi Tyuram tomonidan golga aylantirildi. Qolgan daqiqalarda «Inter» ustunlikni boy bermadi, «Ayaks» esa imkoniyatlardan foydalana olmadi.

Shu tariqa, «Inter» safarda muhim uch ochko qo'lga kiritdi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb dubl muallifi Markus Tyuram topildi.

Liga chempionlari. Umumiy bosqich, 1-tur
17 sentyabr. Amsterdam. «Yoxan Kroyf Arena» stadioni
Ayaks (Niderlandiya) — Inter (Italiya) 0:2 (0:1)
Gollar: Tyuram, 42 (0:1). Tyuram, 47 (0:2).
Ayaks: Yarosh; Goey, Baas, Itakura, Veyndal; Teylor (Makkonnell, 61), Klassen, Regeer; Godts, Edvardsen, Vegxorst (Dolberg, 61).
Inter: Zommer; Dumfris, De Vrey, Acherbi, Dimarko; Barella, Chalhano'g'lu, Mxitaryan (Frattezi, 68); Espozito (Karlos Augusto, 80), Tyuram, Lautaro Martines (Arnautovich, 72).
Hakam – Maykl Oliver (Angliya)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ