Dana Uayt 2026 yilda nechta UFC turniri o'tkazilishini aytdi
17 SENTYABR, 2025, 17:32
UFC prezidenti Dana Uayt tashkilot 2026 yilda nechta turnir o'tkazishini malum qildi.Paramount bilan shartnomaga ko'ra, kelasi yili 44 ta UFC turniri tashkil etiladi.
SHuningdek, 16-18 ta Zuffa Boxing (Uaytning boks turniri), brazilcha jiu-jitsu bo'yicha 14 ta turnir va 12 ta Power Slap turniri o'tkaziladi.
Malumot uchun, UFC shu yil Paramount bilan 7,7 milliard dollarlik TV-shartnoma tuzgandi.
Manba: olamsport.com
