logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Tottenxem» APLning 4-turida «Vest Xem»ni yirik hisobda mag'lub etdi

 14 SENTYABR, 2025, 00:34

Angliya Premer-ligasining 4-turidan o'rin olgan «Vest Xem» – «Tottenxem» bahsi yakunlandi. Mehmonlar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

47-daqiqada yarimhimoyachi Pape Matar Sarr hisobni ochdi. 54-daqiqada «Vest Xem» xavbeki Tomash Souchek qizil kartochka olib maydondan chetlatildi. 57-daqiqada Lukas Bergvall hisobni 2:0 ko'rinishga keltirgan bo'lsa, 64-daqiqada himoyachi Mikki van de Ven «Tottenxem»ning uchinchi golini urdi.

«Tottenxem» 4 ta o'yindan keyin 9 ochko bilan APL jadvalida 2-o'rinda bormoqda. «Vest Xem» esa 3 ochko bilan 18-o'ringa tushib ketdi.

Vest Xem - Tottenxem - 0:3
13.09.2025, 21:30

Gollar: Sarr, 47 (0:1). Bergvall, 57 (0:2). van de Ven, 64 (0:3)

Vest Xem: Xermansen, Kilman, Mavropanos, Diuf, Uoker-Piters, Uord-Prouz (Irving, 90+2), Souchek, Lukas Paketa (Uilson, 68), Sammervill (Luis Gilerme, 62), Fernandesh (Magassa, 61), Bouen

Tottenxem Xotspur: Vikario, Romero, van de Ven (Danso, 80), Spens (Udodji, 71), Porro, Palinya, Sarr, Bergvall (Djonson, 80), Simons (Risharlison, 71), Kudus, Tel (Odober, 79)

Ogohlantirishlar: Spens, 52

Chetlatish: Souchek, 54

Hakam: Djillett (Avstraliya)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ